Jorjio Kellini: Ramos dunyoning eng yaxshi himoyachisi

Yuventus himoyachisi Realga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Zo'rlardan o'rganish lozim, ularni yo'qotishga harakat qilish emas. Menda hech qachon Serxio Ramosning sifati va undagi portlay olish qobiliyati bo'lmaydi. U dunyoning eng yaxshi himoyachisi va o'yinga qanday yondashishni yaxshi biladi. Ispaniyada, shuningdek, Puyol bilan birga o'ynash baxtiga muyassar bo'lgan, hozirda esa Yumtiti bilan yaxshi juftlik hosil qila olgan Pike ham bor. Valverde Barselonada avvalari bo'lmagan himoyani qura oldi.”, - deydi Jorjio.


Manba: Mundo Deportivo