Jorjino "Chelsi" bilan kelisha olmayapti

Mirjalol Normatov
25 dek 2022
"Chelsi" yarim himoyachisi Jorjino Londondagi so'nggi mavsumini o'tkamoqda, chog'i.

"The Athletic" xabariga ko'ra, futbolchi klub bilan 2023 yili yakunlanadigan shartnomani uzaytirish bobida kelisha olmagan. Bu erda tomonlarning fikrlari bir joydan chiqmagan.

Jorjino 2018 yil yozida "Napoli"dan 57 mln evro evaziga transfer qilingandi. Shundan keyin u jamoa tarkibida 207 o'yinda qatnashib, 29 gol va 9 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic