Jorje Mendesh "Manchester Siti"ga Ronalduni xarid qilishni taklif qildi

Alisher
17 avg 2021, 10:50
"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

36 yoshli portugaliyalikning agenti Jorje Mendesh mijozining xizmatlarini "Manchester Siti"ga taklif qildi.

"Yuventus" forvardning katta maoshini qisqartirish uchun o'yinchini 30 mln evroga sotishga tayyor.

Ronaldu o'tgan mavsum "Yuventus" safida barcha musobaqalarda 44ta o'yinda maydonga tushib, 36ta gol va 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport