Joriy mavsum ham 2-bo'lib qolgan Arteta APLning so'nggi turidan so'ng nimalar dedi?

Khoja
20 may 2024
Arsenal ustozi Mikel Arteta o'tgan mavsum uchun jamoasiga minnatdorchilik bildirdi.

Birinchi navbatda Manchester Sitini tabriklayman.

Bugun menda ikki xil his-tuyg'ular bor. Birinchidan, jamoamdan faxrlanaman. Ular yil davomida ajoyib harakat qilishdi. Jamoada ishlaydigan har bir inson maksimal darajada ishlashga harakat qildi. Har birimiz chempionlik uchun bor kuchimizni istatishga intildik.

Afsuski, bizga yana ozgina yetmadi. Chempionlikni qo'lga kirita olmadik, Man Siti kubokni bizdan olib qo'ydi.

Xohlagan narsamizga erishishning yagona yo'li - yanada qatiyatli, yanada shijoatli, jasur bo'lishimiz kerak. Bu bizning keyingi maqsadimiz.

Agar biz bularni barchasini amalga oshirsak, oxir-oqibat APLda chempionlikni qo'lga kiritamiz. Qachon? Bunisini esa bilmayman. Biroq biz ishlashda davom etamiz va kelasi mavsum ajoyib o'yin ko'rsatishga intilamiz, - dedi Arteta.


KhojaMuallif
Manba: fapl.ru