Xordi Alba Londonga ko'chib o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
20 iyun 2018
"Barselona" himoyachisi Xordi Alba "Tottenxem" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Shporlar"dan tashqari unga Angliyaning bir necha jamoalari ham davogarlik qilmoqda, deb xabar beradi "Sport.es".

Albaning "Barselona" bilan shartnomasi 2020 yilning yozigacha mo'ljallangan. Uning tovon puli 150 mln evro qilib belgilangan. Manba uning "Tottenxem"ga o'tishi extimoli 60 foiz qilib baholangan.

Ayni damda Alba Ispaniya termasi bilan JCHda qatnashmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sports.es