Yoaxim Lev: “Bu 10 yillik mehnatimiz mahsuli”

Narzulla Saydullayev
14 iyul 2014, 09:21
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lev Argentinaga qarshi kechgan final uchrashuvidan so'ng shogirdlarining JCH-2014dagi umumiy ishtirokiga baho berdi.
“Bu loyihani amaliyotga tadbiq etishni 10 yil avval Klinsmann boshlagan edi. Biz esa uni muvaffaqiyatli tarzda davom ettirdik. Mana bugun mehnatimiz o'z samarasini berdi.

O'tkazilgan 7 ta o'yinning barchasida jamoamiz tashabbusga ega bo'ldi va maydonda o'yinni boshqardi. Eng muhimi, jamoaviy o'yin g'alabamizning bosh omili bo'ldi”, – dedi Lev.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com