Jo Xart bugun "Tottenxem" o'yinchisiga aylanadi

Alisher
17 avg 2020
Angliyalik darvozabon "shporlar"ga o'tish uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Darvozabon Jo Xart "Tottenxem"ga o'tishga yaqin. Jurnalist Saymon Stoun bu haqda xabar bermoqda. 

33 yoshli angliyalik posbon London klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi. Transfer bugun e'lon qilinishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Xart yakunlangan mavsumni "Byornli" safida o'tkazdi, ammo jamoa safida umuman maydonga tushmadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/sistoney67