Jiyanov "Olimpik"ka qaytdi, Jaloliddinov ham shu yerda. Timur Kapadze shogirdlarining mashg'ulotidan GALEREYA

Tolibjon Qosimov
25 yanv 2023, 00:27
Superliga klublari bo'lajak mavsumga tayyorgarlik jarayonini davom ettirishmoqda.

24 yanvardan "Olimpik" jamoasi Toshkentda mashg'ulotlarni boshladi. Bu mavsumoldi tayyorgarlikning uchinchi bosqichi hisoblanadi. Biroz avval Timur Kapadze jamoasiga oid xabarlarni chop etgan edik.

FOTO  Jaloliddinov hamda o'tgan mavsum Qozog'iston kubogini qo'lga kiritgan Abdumajidov "Olimpik"ka o'tdi

Bu "Olimpik"ning qisqa tanaffusdan keyingi ilk mashg'uloti bo'lgani sabab futbolchilar faqatgina yugurish va chigalyozdi mashqlar bilan cheklanishdi. Ertadan to'laqonli mashg'ulotlar boshlanadi. "Olimpik"ning Toshkentdagi mashg'ulotlari 26 yanvarga qadar davom etadi. Shundan keyin yig'in Antaliyaga ko'chadi. U yerda jamoa 27 yanvardan 16 fevralga qadar bo'ladi.

Ruslan Jiyanov Rossiya klubi bilan shartnoma imzolagach "Olimpik"ka qaytadi

"Olimpik"ning mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin >>>>> FOTOGALEREYA

Suratlar muallifi: Tolibjon Qosimov


"Olimpik"ning mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin >>>>> FOTOGALEREYA

Suratlar muallifi: Tolibjon Qosimov

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia