Jiru Gollandiya darvozasiga urgan goli haqida: "Mendi jarima maydonchasiga ajoyib uzatma berishini bilgandim" (+VIDEO)

Aslanov Jasurbek
10 sen 2018, 12:46
Gollandiyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvida (2:1) g'alaba to'pini kiritgan Fransiya terma jamoasi hujumchisi Olive Jiru o'yin haqida fikr bildirdi.

"Germaniya bilan o'yinda (0:0) yangi mavsumda ilk marta asosiy tarkibda maydonga tushdim va murabbiy meni zaxiraga oldi.

Bugun yana o'zimning eng yaxshi o'yinimni ko'rsata olmadim va tez orada almashtirilishimni sezdim. Mendi jarima maydonchasiga ajoyib uzatma berishini kutgandim va pas kelayotgan tomonga harakatlandim. Hammasi men va jamoam uchun yaxshi yakunlandi. Juda xursandman" - deydi Jiru.

TAS-IX emas



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA