Jiru Yevropa Ligasining ketma-ket 4 ta o'yinida 5 ta gol urdi

“Chelsi” kecha Yevropa Ligasi 1/16 final bosqichi dastlabki o'yinida “Malmyo”ni safarda 2:1 hisobida engdi.

Londonliklarning 2-goliga 58-daqiqada Olive Jiru mualliflik qildi. Fransiyalik futbolchi Yevropa Ligasi doirasida ketma-ket to'rtta o'yinda 5-golini urdi.

Qayd etish joiz, Jiru APLda joriy mavsum 19 ta o'yinda atigi 1 ta gol urdi. U 2018 yil noyabridan beri Angliya chempionatida gol ura olmayapti.


Manba: Championat.asia