Jiru Chelsi bilan shartnomasini uzaytirdi

24 apr 2020, 22:38
“Chelsi” rahbariyati klub forvardi Oliver Jiru bilan shartomani uzaytirdi, deya xabar bermoqda Sky Sport Italy.

Nashr xabariga ko'ra, futbolchining yangi kelishuvi 2021 yil yoziga qadar amalda bo'ladi. Jiruning amaldagi shartomasi joriy mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan edi.

Ilgariroq futbolchining xizmatlariga “Inter” jiddiy qiziqqanligi va mavsum yakunida fransiyalik sportchi milanliklar safiga qo'shilishi haqida xabarlar tarqatilgandi. Shuningdek, “Lacio” ham hujumchini o'z safiga chorlayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sport Italy