"Jirona" "Liverpul" yulduzini safiga qo'shib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
20 may 2024
Kataloniyaning "Jirona" klubi kelasi yoz uchun transferlarni rejalashtirishni boshladi.

"Todofichajes" ma'lumotlariga ko'ra, Kataloniya klubi o'z vaqtida "Barselona" va "Bavariya" sharafini himoya qilgan "Liverpul" yarim himoyachisi Tyago  Alkantarani qo'lga kiritish uchun asosiy favoritlardan biri hisoblanadi. 



"Jirona"ning yutug'i shundaki, Kataloniya klubi bunday darajadagi futbolchi bilan tekinga shartnoma tuzishi mumkin, chunki "Liverpul" ispaniyalikning erkin agent sifatida kyetishini e'lon qilgan edi.

Tyago Alkantara 2020 yilning yozida "Bavariya"dan "Liverpul"ga o'tgan. 4 yil davomida u jarohatlar tufayli bor-yo'g'i 98 ta o'yin o'tkaza oldi, joriy mavsum esa atigi 1 ta uchrashuvda maydonga tushdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Todofichajes