Jirkov Ibrohimhalil Yo'ldoshev bilan bir jamoada o'ynashi mumkin

Sherzod Nurmatov
28 dek 2021
Tajribali o'yinchi yana RPLda harakatlanishi ehtimoli mavjud.

Himoyachi Yuriy Jirkov "Nijniy Novgorod"ga o'tishi mumkin. Buni jurnalist va sharhlovchi Gennadiy Orlov ma'lum qildi.

"Jirkov hali o'ynashni istayotganini eshitdim. U faoliyatini tugatganini e'lon qilgani yo'q. "Nijniy Novgorod" varianti haqiqatga yaqin. Bu jamoaga shuningdek, Odoevskiy va Kravcov ham ijara asosiyda to'p tepish uchun keladi", – dedi Orlov "Radio Zenit" efirida.

Ma'lumot uchun, 38 yoshli Jirkov ayni paytda erkin agent sanaladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Радио Зенит