Jirkov faoliyatini yakunlashi mumkin

Sherzod Nurmatov
14 dek 2021, 19:20
Hammasi takliflarga bog'liq.

"Zenit" va Rossiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Yuriy Jirkov kelajagi haqida gapirdi.

“Agar takliflar bo'lsa, ko'rib chiqishim mumkin. Hozir chempionatda tanaffus yuzaga keldi, buyog'iga nima bo'lishini ko'ramiz. Men RPLda va boshqa yerda ham o'ynay olaman. Agar yaqin orada takliflar kelib tushsa, ko'rib chiqamiz, bo'lmasa, faoliyatimni tugatishimga to'g'ri keladi. Hozircha hech qanday takliflar bo'lgani yo'q", – dedi tajribali o'yinchi.

Jirkov iyul oyida "Zenit"ni tark etgandi. 38 yoshli himoyachi o'shandan beri klubsiz.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ТАСС