"JFL Tashkent" Ispaniya va germaniyalik murabbiylar bilan muzokaraga kirishdi

Nadirkhuja Yuldashev
13 mar 2017, 14:38
Germaniya metodikasi asosida Toshkentda faoliyat boshlagan "JFL Tashkent" jamoasiga yevropalik mutaxassislar keladilar.

Agar hujjatli ishlar ijobiy hal qilinsa, aprel oyining o'rtasida 2 hafta muddatga "JFL-Schlotheim" akademiyasining 2001-2002 yillarda tavallud topgan jamoasi Toshkentga tashrif buyuradi. 


Germaniyalik mutaxassislar O'zbekistonga kelishga tayyorlar

Safar davomida nemislar "Best Sport Media" tomonidan 8ta jamoa ishtirokida o'tkazilinadigan kubokda ishtirok etadilar. Jamoa murabbiylar shtabi va akademiya esa "JFL-Tashkent" futbolchilari bilan 10 kun davomida mashg'ulot olib boradilar.

Bugungacha "JFL-Tashkent"ning 3-6 yoshdagi dasturi ish boshladi va kerakli bolalar allaqachon yig'ib bo'lindi. Hozir yangi guruh uchun ro'yxatga olish boshlandi.

Loyihaning 2007-08 va 2009-10 yillarda tavallud topgan futbolchilariga qabul davom etayapti.

Rejaga ko'ra, aprel oyining so'nggi 10 kunligida, "Real Madrid" klubining Xitoydagi akademiyasida faoliyat olib borgan, "Atletiko" (Madrid) klubining selekcioner murabbiyi Zuniga Martiarena ham "JFL Tashkent" mashg'ulotlarida ishtirok etadi. Kiko laqabi bilan 80-yillarda mashhur bo'lgan futbolchi, "Real Sosedad" jamoasining gullagan yillarida jamoa sharafini himoya qilib, mamlakat kubogi va super kubogini qo'lga kiritgan.

Siz ham farzandingizni "JFL Tashkent"ga berish imkoniyatiga egasiz!

Ma'lumot uchun telefon: +99894 639-4699


Kiko Zuniga va Florentino Peres

O'xshash yangiliklar


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia