Jezus "Yuventus"ga o'tishi mumkin

Alisher
7 iyun 2021, 13:28
"Manchester Siti" forvardi Gabriel Jezus faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi Krishtianu Ronaldu "Yuventus"dan ketishga qaror qilsa, Turin klubiga o'tishi mumkin.

24 yoshli futbolchining "Manchester Siti" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Jezus o'tgan mavsum 42ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazetta dello Sport