Jezus faoliyatini "Fiorentina"da davom ettirishi mumkin

23 yanv 2020, 23:23
Braziliyalik himoyachi "Roma"ni tark etishi kutilmoqda.

"Roma" himoyachisi Juan Jezus Rim klubi asosiy tarkibidagi o'rnini yo'qotgani bois tez orada "Fiorentina" tarkibida paydo  bo'lishi kutilmoqda. "Football Italia" nashri xabariga ko'ra, "binafsharanglilar" Jezusni keyinchalik 4 million evroga xarid qilish huquqi bilan ijaraga olishadi.

28 yoshli himoyachi joriy mavsum umumiy hisobda 4 o'yinda maydonga tushdi xolos.

Ma'lumot uchun, Florenciya klubi A Seriya musobaqa jadvalining 13-pog'onasida bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia