

"Liverpul" yarim himoyachisi o'zining xayriya ishlari va futboldagi xizmatlari uchun taqdirlandi. Milnerga mukofotni shaxsan shahzoda Uilyam topshirdi.

Britaniya taxti vorisi futbolchi bilan hazillashishga ham ulgurdi.

Britaniya imperiyasi Ordeniga a'zolik Tumanli Albiondagi eng nufuzli unvonlardan biri hisoblanadi. Orden fuqarolik va harbiy qismlarning beshta sinfidan iborat. Milner quyi sinfga mansub kavaler unvonini oldi.


