Jeymi Vardi APLdagi gollar soni bo'yicha Rayan Giggzni ortda qoldirdi

3 noya 2020, 08:55
“Lester” APL 7-turi doirasida “Lids”ni 4:1 hisobida engdi.

“Lester” safida Jeymi Vardi ham o'z nomiga bitta gol yozdirib qo'ydi. Bu Vardi uchun APLdagi 110-gol bo'ldi. Natijada Vardi MYU sobiq a'zosi Rayan Giggzdan (109 ta gol) o'tib ketdi.

Qayd etish joiz, Vardi Angliya chempionatining yuqori divizionida 6 mavsumdan beri harakat qilib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Twitter/@BR/Football