Jeydon Sanchoga Italiyaning katta klubi qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
14 noya 2023, 17:26
Taniqli insayder Fabricio Romano Jeydon Sancho faoliyatini qayerda davom ettirishi mumkinligini aytdi.

"Mendagi ma'lumotlarga ko'ra, "Yuventus" yaqinda Jeydon Sancho bo'yicha kelishuv haqida ma'lumot so'ragan. U yanvarda MYUni tark etmoqchi.

"Yuventus"dan qiziqish bor, faqat bu ijara bo'ladi va maoshning bir qismini "Manchester Yunayted" qoplaydi. Hozircha muzokaralar olib borilmayapti, chunki "Manchester Yunayted" ijaradan ko'ra sotib olish takliflarini kutmoqchi", – deya xabar berdi Fabricio Romano.

Eslatib o'tamiz, Jeydon Sancho sentyabr oyida Erik ten Hag bilan mojaro tufayli "Manchester Yunayted" asosiy jamoasidan chetlashtirilgan edi. Vinger uzr so'rashni istamadi, MYU rahbariyati ham u bilan xayrlashishga qarshi emas.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano