Yerro: "Menimcha, "Oltin to'p"ni Ronaldu olishi kerak"

Narzulla Saydullayev
15 noya 2013
"Real" sobiq futbolchisi Fernando Yerro bu safar "Oltin to'p"ni Krishtianu Ronaldu olishi kerak deb hisoblashini aytib o'tdi.
"Ronaldu - jahonning eng yaxshi futbolchisi. Uning "Real"
safida o'ynayotgani menga judayam yoqimli. Krishtianu har hafta o'z o'yinlari bilan bizni xursand qilishda davom etmoqda. Agar menda ovoz berish imkoni bo'lganida, aniqki, ovozimni Ronalduga berardim. Krishtianu 95 foiz o'yinlarda hayratlanarli darajada yuqori saviyada o'tkazadi. Menimcha, "Oltin to'p" aynan Krishtianu Ronalduga berilishi kerak", dedi Yerro.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru