Jerrard: "Liverpul"ning murabbiylar shtabida qolishim mumkin edi"

Aslanov Jasurbek
11 sen 2015, 13:45
"Liverpul" sobiq sardori, hozirda "Los-Anjeles Gelaksi" sharafini himoya qilayotgan Stiven Jerrardning takidlashicha, u ingliz klubida faoliyatini davom ettirish haqida o'ylagan edi.

"Liverpul" rahbariyati bilan uchrashuvda ular meni murabbiylar shtabida qolishim haqida biror so'z aytmaganidan hayron bo'ldim. Murabbiylik tajribasini orttirish uchun klubda qolishga tayyor edim. "Liverpul" eshiklari hozir ham men uchun ochiq, ammo aytgan shartlarim bo'lganida, klubni tark etmasligim ham mumkin edi.

Jamoadan ketganimdan so'ng, klubda tajribali futbolchi sifatida boshqalarga maslahat berishim mumkinligini taklif qilishdi, ammo kech bo'lgan edi" - deydi Jerrard.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com