

"Balotelli bilan menda muammo bo'lmagan. Men unga har qanday yo'l bilan yordam berganman, ammo keyinroq Joze Mourinyo aytganidek, uni boshqarib bo'lmasligini tushundim.
Mario hech qachon jahon darajasidagi futbolchi bo'lmaydi. Unda iqtidor bor, lekin keraksiz ishlar bilan shug'ullanadi: Ortiqcha gaplar, mashg'ulotga kech qolish, e'tiborni o'ziga tortish" - deydi Jerrard.



