Jerom Boateng - 2015/16 yilgi mavsumda Germaniyaning eng yaxshi futbolchisi

Narzulla Saydullayev
14 avg 2016, 22:32
Bavariya himoyachisi Jerom Boateng 2015/16 yilgi mavsumda Germaniya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Jurnalistlar o'tkazgan so'rovga ko'ra 27 yoshli futbolchi 163ta ovoz oldi. Undan keyingi o'rinlarni Tomas Myuller (95) va Robert Levandovski (90) egallab turishibdi.

Boateng 1997 yildan buyon ushbu sovrinni olgan dastlabki himoyachiga aylandi. So'nggi marta himoyachilar orasida Yurgen Koler eng yaxshi bo'lgandi.

Eng yaxshi murabbiy sovrini esa Darmshtadt klubi bosh murabbiyi Dirk Shusterga nasib qildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kicker.de