Jeparov va To'xtaxo'jaev Suriya bilan o'yinda ehtiyot bo'lishlari kerak

Narzulla Saydullayev
22 mar 2017, 14:21
Ertaga O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida Suriya bilan kuch sinashadi.

Terma jamoamiz safida diskvalifikaciya qilingan futbolchilar yo'q. Raqib tarkibida A'lo Al Shibli maydonga tushmasligi haqida xabar berdik.

Server Jeparov va Islom To'xtaxo'jaevda bittadan sariq kartochka bor. Shu bois bu ikkala o'yinchi agar ertaga maydonga tushishsa ehtiyot bo'lib o'ynashlari kerak bo'ladi. Sababi keyingi ogohlantirish ularni bitta o'yinga diskvalifikaciya qilinishlariga sabab bo'ladi.

O'zbekiston keyingi bahsni 28 mart kuni Toshkentda Qatarga qarshi o'tkazadi.

Qatarda esa bunday futbolchilar 7 nafarni tashkil etadi.

Bualem Xuxi, Ahmad Yosir, Ali Asadalla, Ibrohim Majid, Luiz Junior, Muhammad Musa, Saad Al Shib va Sebastyan Soriya kabi futbolchilar 23 mart kuni Eron bilan bahsda sariq kartochka olishsa O'zbekiston bilan o'yinda maydonga tusha olishmaydi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia