"Jenoa" sobiq direktori: "2010 yil Levandovskini deyarli transfer qilgandik"

Mirjalol Normatov
10 okt 2020, 18:40
"Jenoa" sobiq sport direktori Stefano Kapozzukaning aytishiga ko'ra, klub o'z vaqtida Robert Levandovskini transfer qilishga yaqin kelgan.

"Transfer ishlari deyarli yakunlangandi. Jan-Pero Gasperini Robertni yaxshi bilardi. Futbolchi faqatgina tibbiy ko'rikdan o'tsa bo'lgani edi. Biroq keyinchalik prezident ushbu transferni istamagandi", - dedi Kappozuka.

Eslatib o'tamiz, 2010 yili Levandovski "Lex"dan Dortmundning "Borussiya"siga o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal