“Jenoa” Shomurodovning transfer summasini bo'lib to'lamoqchi

Eldor Akmurzayev
29 sen 2020
“Rostov” va “Jenoa” o'rtasida Eldor Shomurodovning transferi bo'yicha muzokaralar etmoqda.

"RB-Sport" xabariga ko'ra, A Seriya klubi futbolchi uchun 7,5 mln, shuningdek, bonus sifatida 1,5 mln evro taklif etgan. “Rostov” transfer to'lovidagi grafik sabab hozircha ijobiy javob bermadi, boisi genuyaliklar summani 2 yil ichida teng miqdorga bo'lib to'lamoqchi. “Rostov” esa boshqa hujumchi sotib olish uchun ilk to'lovning o'zida transfer summasining yarmini qo'lga kiritishni istamoqda.

Bitim amalga oshish ehtimoli esa hozircha – 50 ga 50.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: РБ-Спорт