"Jenoa" prezidenti Shomurodovga "Yuventus"ning qiziqishi haqida gapirdi

Alisher
22 yanv 2021, 18:18
"Jenoa" prezidenti Enriko Preciozi forvard Eldor Shomurodovga "Yuventus" qiziqish bildirayotgani haqida gapirdi.

"Men uni saqlab qolmoqchiman. Shomurodov - "Jenoa" o'yinchisi, u yaqinda bizga kelib qo'shildi. Bundan tashqari "Yuventus" u haqida biz bilan aloqacha chiqmadi.

Jadvaldagi o'rnimizni hisobga olsak, hozir sotuvlar bo'yicha muloqotlar qilish vaqti emas deb hisoblayman", - deydi Preciozi.

Shomurodov A Seriyada 12ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi. "Jenoa" esa jadvalda 16-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: football-italia.net