

Argentinalik mahalliylashtirilgan futbolchi yangi jamoasiga "Boka Xuniors"dan o'tdi. Janluka di Marcioning ma'lumotiga ko'ra, transfer uchun genuyaliklar 15 mln evro to'lashgan. Shuningdek, yana bir qancha summa bonuslar tarzida taqdim qilinadi.
Retegi "Jenoa" bilan qancha muddatga shartnoma tuzgani ma'lum emas.

Argentina chempionatining ushbu mavsumida "Tigre"da ijarada o'ynagan Retegi 21 o'yinda 11 gol urdi. Italiya termasida uning hisobida 3 o'yinda 2 gol bor.



