

- Biz Balotellining reabilitaciyasi va unga shartnoma taklif qilish haqida o'yladik. Ammo yakunda boshqa variant tanlandi va bu qaror to'g'ri edi. Mario yaxshi yigit, lekin u bizning qiziqishlarimiz doirasiga kirmaydi. U faoliyatini tiklashini chin dildan xohlayman, - dedi funkcioner "Telelombardia"ga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, 25 sentyabr kuni italiyalik jurnalist Nikolo Shira ayni paytda erkin agent maqomida bo'lib turgan Mario Balotelli "Jenoa" bilan "1+1" ko'rinishida shartnoma imzolashga yaqinligini ma'lum qilgan edi. Genuya klubi esa bir necha kundan keyin hamyurtimiz Eldor Shomurodovning transferini e'lon qildi.



