Jeko "Roma"ni tark etadi. Klub uning maoshini to'lay olmaydi

Edin Jeko mavsum oxirida klubni tark etishga hozirlanmoqda, deb xabar berdi Corriere dello Sport.

Takidlanishicha, "Roma" direktorlar kengashi jamoaning moliyaviy muammolar girdobida qolgani va kelasi mavsum YCHLda o'ynamasligi bois klub bosniyalik forvardning maoshini to'lashga qodir emasligini tushunib etgan.

34 yoshli hujumchining keyingi manzili Turin yoki Milan bo'lishi mumkin. "Yuventus" va "Inter" rahbariyati yuzaga kelgan vaziyatdan foydalanib kyetishi taxmin qilinmoqda.


Manba: Corriere dello Sport