JCH saralashi. Eron va BAAning taqdiri "qil ustida"

Mirjalol Normatov
11 iyun 2021
JCH saralashining navbatdagi o'yinlari bo'lib o'tdi.

Unda Eron termasi javobsiz 10, Iroq esa bir gol farqi bilan g'alabaga erishdi. So'nggi tur oldidan Iroq termasi 2 ochkolik farq bilan yetakchilik qilmoqda. 15 iyun kuni ushbu termalar o'zaro bahs olib borishadi.

Kamboja - Eron 0:10

Gollar: Alirizo Jahonbahsh (16-pen), Shojai Halilzoda (22), Mehdi Taremi (27), Sor Rotana (32-avtogol), Milad Muhammadi (58), Murtazo Puraliganji (63), Karim Ansarifard (77), Qaveh Rizoi (80, 86), Mehdi Gaedi (84).

Gonkong - Iroq 0:1

Gol: Muhammad Qosim (13).

G guruhida esa Vetnamning kichik ustunligi kuzatilmoqda. So'nggi turda BAA  hamda Vetnam termalari o'zaro bahs olib borishini inobatga olsak, bu erda ham holat chigal bo'lib turibdi.

Indoneziya - BAA 0:5

Gollar: Ali Mabhut (22, 48-pen), Fabio Lima (28, 55), Sebastyan Tagliabue (87).

Malayziya - Vetnam 1:2

Gollar: Gilerme (71-pen) - Nguen Tin Lin (27), Ngok Xay Kyu (82).


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia