JCH-2026ning 20-ishtirokchisi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
9 okt 2025
Jazoir termasi JCH-2026 final bosqichiga yo'llanma oldi.

Vladimir Petkovich shogirdlari saralashning G guruhi 9-turida Somali mamlakatiga safar uyushtirdi va Muhammad Amuraning dubli hamda Riyod Mahrezning gollari evaziga yirik g'alaba qayd etdi.

Shu orqali jamoa so'nggi tur oldidan 2-o'rindagi Uganda termasidan 4 ochkoga o'tib ketdi va mundial yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Jazoir termasi JCH-2026ga yo'llanma olgan 20-terma jamoaga aylandi.

9 okt 2025, 21:00
Somalia — Algeria
0 – 3
Tugadi


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia