JCH-2026 saralashi. O'zbekiston dastlabki ikkita o'yinni qaysi stadionlarda o'tkazishi aniq bo'ldi

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2024, 15:56
Sentyabr oyida Osiyo qitasida 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bahslari 3-bosqich o'yinlari start oladi.

5 sentyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda KXDR terma jamoasini "Bunyodkor" stadionida qabul qiladi. O'yin soat 19:00da boshlanadi. 

2-turda O'zbekiston 10 sentyabr kuni Bishkek shahridagi Dolen Omurzakov nomidagi stadionda Qirg'iziston mehmoni bo'ladi. Mazkur bahs soat 20:00da start oladi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia