JCH-2026 saralash. Messining gollari Argentinaga navbatdagi g'alabani taqdim etdi

Nozimov Nig'monxo'ja
18 okt 2023
Lima shahrida joylagan “Peru Xalqaro stadioni”da mezbonlar Argentinaga qarshi JCH-2026 saralash bahsining navbatdagi turida maydonga tushdi.

Lionel Messining ikkita goli Argentinaga navbatdagi g'alabani taqdim etdi. 

G'alaba orqali Argentina terma jamoasi ochkolar sonini 12 taga etkazib olib, turnir jadvalining birinchi pog'onasida ketmoqda. Ular eng yaqin taqibchilari Urugvay, Braziliya va Venesuelani 5 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Peru – Argentina 0:2

Gollar: 0:1 – 32 Messi, 0:2 – 42 Messi.

Peru – Galese, Advinkula, Santamariya (Tapiya, 46), Abram, Loyola (Trauko, 46), Sanelatto (Penya, 67), Yotun, Karrilo, Kartaxena, Polo (Grimaldo, 46), Gerrero (Reyna, 46).

Argentina – Martines, Montel (Martines, 34), Otamendi, Romero (Pesselya, 46), Talyafiko (Akunya, 78), De Pol (Lo Chelso, 78), Mak Allister, Fernandes, Gonsales, Messi, Alvares (Martines, 78).


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.asia