

Uchrashuv 1:0 hisobida yevropaliklarning g'alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona golni Jon Makginn 28-daqiqasida kiritdi.
Shu tariqa, Shotlandiya terma jamoasi "C" guruhida birinchi turdan so'ng yetakchilik qilmoqda. Guruhning ikkichi o'yinida Braziliya va Marokash 1:1 hisobidagi durang natijasini qayd etgandi.
Gaiti - Shotlandiya 0:1
Gol: 28 - Jon Makginn
Gaiti: Jonni Plesid (darvozabon va sardor), Karlens Arkus, Rikardo Ade, Ann Delkrua, Marten Eksperyans, Jan Bellegard, Denli Jan Jak, Luisius Didson, Ruben Providens, Vilson Izidor, Francdi Pero.
Shotlandiya: Engus Gann (darvozabon), Aron Xiki, Grant Xenli, Endryu Robertson (sardor), Jek Xendri, Skott Maktominey, Lyuis Fergyuson, Jon Makginn, Ben Gennon-Douk, Lourens Shenklend, Che Adams.



