JCH-2022. Tunisning o'rnini Italiya egallaydimi?

Eldor Akmurzayev
30 okt 2022, 09:25
Bu haqda “Le Parisien” xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Tunis hukumatining mamlakat futboli ishlariga aralashgani tufayli FIFA terma jamoani Jahon chempionatidan chetlatishi mumkin. Bu Tunis yoshlar va sport vazirligi rahbari Kamel Degishning mamlakat futbol federatsiyasini tarqatib yuborishga shama qilgan so'zlaridan keyin sodir bo'ldi.

Agar Tunis terma jamoasi diskvalifikaciya qilinsa, uning JCH-2022'dagi o'rnini FIFA reytingida eng yuqori (mundialga chiqolmaganlar orasida) o'rinda turgan jamoa egallaydi. Hozirda bunga Italiya TJ yaqin.

Eslatib o'tamiz, tunisliklarga Qatardagi mundial guruh bosqichida Daniya, Avstraliya hamda Fransiya raqiblik qiladi.

Mundial 2022. Tunis!

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Le Parisien