JCH-2022 saralashi. O'zbekiston terma jamoasining navbatdagi o'yinlari oktyabr va noyabr oyida bo'ladi

Narzulla Saydullayev
5 iyun 2020, 16:32
OFK mart va iyun oyida o'tishi kerak bo'lgan JCH-2022 va Osiyo Kubogi 2023 saralashi doirasidagi 4ta tur o'yinlarining yangi sanalarini e'lon qildi.

Unga ko'ra 7-8-turlar oktyabr, 9-10-turlar noyabr oyida bo'lib o'tadi. Vadim Abramov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi 13 oktyabr kuni Yamanga qarshi neytral maydonda o'yin o'tkazadi. Ushbu bahs qaysi shahar, qaysi stadionda va soat nechada boshlanishi haqidagi ma'lumotni Yaman FF OFKga 31 iyul sanasiga qadar yuborishi shart.

12 noyabrda terma jamoamiz Singapurni mehmon qiladi. Nihoyat, 17 noyabr kuni vakillarimiz guruhning so'nggi turida Saudiya Arabistoniga qarshi safarda maydonga tushishadi. Noyabr oyidagi bahslarni qabul qiladigan stadionlar va boshlanish vaqtlar OFKga 31 avgustga qadar yuborilishi lozim.



7-tur, 8 oktyabr
Falastin - Singapur
Saudiya Arabistoni - Yaman

8-tur, 13 oktyabr
Yaman - O'ZBEKISTON
Singapur - Saudiya Arabistoni

9-tur, 12 noyabr
Saudiya Arabistoni - Falastin
O'ZBEKISTON - Singapur

10-tur, 17 noyabr
Saudiya Arabistoni - O'ZBEKISTON
Falastin - Yaman

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia