JCH-2022 saralashi. Argentina terma jamoasi safarda Peruni mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
18 noya 2020, 07:41
JCH-2022 saralashi 4-tur bahslari doirasida Argentina terma jamoasi safarda Peru bilan o'ynadi.

Nikolas Gonsales va Lautaro Martineslarning birinchi bo'limda urgan gollari Argentina terma jamoasida Peru ustidan g'alabani taqdim etdi.

Ushbu g'alabadan so'ng Messi jamoadoshlarining ochkolari soni 10 taga etdi va ular musobaqa jadvalida 2-o'rindan joy olgan. Peru esa 1 ochko bilan 9-o'rinni band etib turibdi.

Peru – Argentina 0:2

Gollar: 0:1 – 17 Gonsales, 0:2 – 28 Martines.

Peru – Galese, Abram, Santamariya, Korso (Advinkula, 71), Trauko, Yotun (Kalkaterra, 88), Akino (Kartaxena, 88), Karrilo, Kueva (Ruidias, 81), Flores (Polo, 71), Lapadula.

Argentina – Armani, Montiel, Otamendi, Martines, Talyafiko, Lo Chelso, Paredes, de Paul (Okampos, 57), Gonsales (Di Mariya, 72), Messi, Martines (Gomes, 89).

Ogohlantirishlar: Akino (29), Trauko (34), Otamendi (60), Lo Chelso (73), Galese (79), Okampos (90).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia