JCH-2022 saralash. BAA terma jamoasi shu oyda yig'in o'tkazadi

Xayrulla Xoliqov
6 iyul 2020, 13:48
Yangi bosh murabbiy qo'l ostida BAA milliy terma jamoasi ilk bor yig'in tashkil etadi.

Yig'in 22 iyuldan start oladi. Bu haqda BAA futbol assotsiatsiyasi rasman ma'lum qildi. Xabaringiz bor, ushbu terma jamoani yaqinda kolumbiyalik murabbiy Xorxe Luis Pinto qabul qilib olgandi. 22 iyul kuni boshlanadigan o'quv-mashg'ulotlar yangi murabbiyning ilk yig'ini bo'ladi. 

27 iyulga qadar mo'ljallangan yig'inda futbolchilar asosan mashg'ulot o'tkazishadi. Keyinchalik 1-23 avgust oralig'ida navbatdagi yig'in tashkil etiladi. Ushbu yig'inda BAA terma jamoasi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Uchinchi yig'in esa 31 avgust - 9 sentyabr oralig'ida bo'lib o'tadi va bunda ham ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga tushish ko'zda tutilgan.

Eslatib o'tamiz, BAA terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichida 6 ochko bilan to'rtinchi o'rinda boryapti. Amirlik futbolchilari navbatdagi uchta bahsni Indoneziya, Tailand va Vetnamga qarshi o'tkazishadi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com