JCH-2022. "Feyr-pley" sovriniga qaysi terma ega chiqdi? "Kumush to'p" kimga nasib qildi? (barcha g'olib va sovrindorlar)

Sherzod Nurmatov
20 dek 2022, 13:10
Yakunlangan mundial turli nominaciyalari g'olib va sovrindorlari bilan tanishing.

Angliya terma jamoasi "feyr-pley" sovrinini qo'lga kiritdi. Jamoa 5 o'yinda faqat 1 ta sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

"Oltin butsa"ga Fransiya hujumchisi Kilian Mbappe (8 ta gol, 2 ta uzatma), "Kumush butsa"ga Argentina sardori Lionel Messi (7 ta gol, 3 ta uzatma), "Bronza butsa"ga Fransiya forvardi Olive Jiru (4 ta gol) ega chiqdi.

"Oltin qo'lqop"ni Argentina termasi posboni Emiliano Martines yutdi. "Aston Villa" darvozaboni o'yindan keyingi penaltilar seriyasida Niderlandiya bilan bahsdagi singari 2 ta zarbani qaytarishga erishdi.

Musobaqa "Oltin to'p"i Lionel Messiga berildi, "Kumush to'p" Kilian Mbappe, "Bronza to'p" esa Luka Modrichga tegdi.

"Eng yaxshi yosh futbolchi" sovrini Enco Fernandesga nasib etdi. 21 yoshli Fernandes JCH doirasidagi 7 ta o'yinda 1 ta gol urdi hamda 1 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia