

Hal qiluvchi uchrashuv Argentina hamda Fransiya o'rtasida Toshkent vaqti bilan 20:00 da “Lusayl” stadioni boshlanadi. Uni polshalik Shimon Marchinyak boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Argentina 5 ta finalning 2 tasida (1978, 1986) muvaffaqiyat qozongan, francuzlar esa 3 ta finalning 2 tasida (1998, 2018) zafar quchgan. Shuningdek, “uch ranglilar” 2 ta bronza (1958, 1986)ni qo'lga kiritgan va bir bor kuchli to'rtlikdan (1982) joy olgan.
Eslatib o'tamiz, Argentina hamda Fransiya o'zaro 13 marta to'qnash kelgan. Ulardan 7 tasida janubiy amerikaliklar, 3 tasida yevropaliklarning qo'li baland kelgan. Qolgan uch bahsda nursiz duranglar qayd etilgan.




