

Unga ko'ra, JCH-2022 pley-off masalasini muddatidan oldin hal qilib qo'ygan Braziliya TJ guruh bosqichidan o'rin olgan Kamerunga qarshi 3-tur bahsida zaxira o'yinchilariga imkon beradi.
Jarohati tufayli Neymar, Danilo, Aleks Sandro bo'lajak o'yinda qatnashmaydi. Shuningdek, futbolchilar orasida shamollagan va isitma qilayotganlari ham bor.
Kamerunga qarshi asosiy tarkib quyidagicha ko'rinish olishi kutilmoqda:
Ederson, Dani Alves, Militao, Bremer, Aleks Telles, Fabino, Bruno Gimarayns, Antoni, Rodrigo, Gabriel Jezus, Martinelli. Shuningdek, hujumda Pedro yoki Everton Ribeyro (ikkisi “Flamengo”) tushishi kutilmoqda.


