JCH-2022. Argentina endi qaysi jamoa bilan o'ynaydi?

Aslanov Jasurbek
1 dek 2022, 02:09
Bugun JCH-2022 doirasida "C" guruhining 3-tur bahslari o'tkazildi.

Argentina Polshani 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va guruhda 6 ochko to'plab, keyingi bosqichga 1-o'rin bilan chiqish masalasini ijobiy hal qildi. Ikkinchi o'rin uchun kurashgan Meksika esa 2:1 hisobida zafar quchdi, ammo ularga 2ta gol yetishmadi, chunki mundial guruh bosqichida jamoalar bir xil ochko to'plashsa dastlab to'plar nisbatiga qaraladi. Polshada 2-2 edi, Meksikada esa 2:3.

Shunday qilib, Argentina keyingi bosqichda Avstraliya, Polsha esa Fransiya bilan to'qnash keladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia