JCH-2018ning qur'a tashlash marosimi Kremlda bo'ladi

Aziz Tukhtamuradov
23 yanv 2017, 21:14
FIFA Rossiyaning JCH-2018 qur'asini Kremlda o'tkazish taklifini qabul qildi.


Bu haqida Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko xabar qildi.

"1 dekabr kuni futbol bo'yicha jahon chempionatining qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Biz marosimni Kremlda o'tkazishni taklif qildik. Bu FIFAga ham yoqdi. Endi bunga tayyorlanamiz", - deydi Mutko.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ТАСС