JCH-2018 stadioni ochilishida “Baltika” “Shalke” bilan o'ynaydi

Aslanov Jasurbek
18 dek 2017, 22:56
Kaliningraddagi JCH-2018 uchun bunyod etilayotgan stadionning ilk o'yini qaysi jamoalar o'rtasida bo'lib o'tishi e'lon qilindi.

Kaliningrad viloyati mamuriyatining xabar berishicha, JCH-2018 uchun bunyod etilgan stadiondagi birinchi o'yin mahalliy “Baltika” hamda Germaniya Bundesligasi vakili Gelzenkirxenning “Shalke” jamoalari o'rtasida o'tkaziladi. 

Xabarda aytilishicha, bu o'yin 2018 yilning mart oyida o'tkazilishi rejalashtirilyapti. Ayni paytda ikki tomon o'rtasida uchrashuvning aniq sanasi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif