JCH–2018 saralashi. Eron – O'zbekiston uchrashuvini ummonlik hakamlar boshqaradi

Tolibjon Qosimov
10 may 2017, 11:26
JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turida O'zbekiston terma jamoasi safarda Eronga qarshi bahs olib boradi.

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) bo'lajak o'yinga rasmiylarni tayinladi.

Ummonlik FIFA referisi Ahmad Abu Bakar Said al-Kaf mazkur o'yinda bosh hakam vazifasini bajaradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Hamid Sulaymoy Marhun al-Mahayi hamda Abu Bakar Salim Mahad al-Amri yordam beradi. Umar Muborak Mazarua al-Yoqubiy (Ummon) zaxira hakami sifatida ishlaydi.

Hakamlar ishiga malayziyalik Muhammad Solih Subhiddin baho beradi. Uchrashuv komissari etib yaponiyalik Kaise Tomoxiro tayinlandi. Xavfsizlik bo'yicha oficer – Tara Singx (Malayziya).

Eslatib o'tamiz, Eron – O'zbekiston uchrashuvi 12 iyun kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida o'tkaziladi. O'yin mahalliy vaqt bilan 21:15 (Toshkent vaqti bilan 21:45)da boshlanishi rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun, JCH–2018 saralashi “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. O'zbekiston 12 ochko bilan guruhda hozircha 3-pog'onada bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com