JCH-2018 qur'asiga keladigan barcha futbol yulduzlari bilan tanishing

Narzulla Saydullayev
1 dek 2017, 09:21
Bugungi JCH-2018 qur'a marosimiga tashrif buyuradigan barcha futbol yulduzlari ro'yxati e'lon qilindi.

Qur'a jarayoni Moskvadagi Kreml saroyida bo'lib o'tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan soat 20.00da boshlanadi. Unga quyidagi futbolchilar kelishadi:

Sami Al-Jaber, Dmitriy Alenichev, Tomas Bertold, Tomas Brolin, Emilio Butrageno, Xorxe Kampos, Cha Bom Gin, Ali Dayi, Rinat Dasaev, Xulio Deli Valdes, Marsel Desayi, Korin Diakr, Dide Drogba, Samyuel Eto′O, Serxio Goykochea, Xossam Xassan, Kristian Igita, Nvankvo Kanu, Aleksandr Kerjakov, Karina Leblan, Mehdi Mahdavikiya, Kadzuyoshi Miura, Paolo Montero, Jey-Jey Okocha, Pak Ji Sun, Pele, Ronaldinyo, Ronaldo, Ugo Sanches, Seliya Shashich, Aleks Skott, Devid Simen, Aleksey Smertin, Paulo Vanchope, Klarens Zeedorf, Peter Shmeyxel, Lotar Matteus, Dmitriy Sennikov.

Futbol yulduzlari qur'a olib boruvchilari Gari Lineker va Mariya Komandnayaga yordam berishadi. Germaniyalik sobiq hujumchi Miroslav Kloze Jahon chempionati kubogini sahnaga olib chiqadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: rfs.ru