JCH-2018 qur'asi raqamlarda

Narzulla Saydullayev
1 dek 2017, 12:57
Bugun Moskva shahrida 2018 yilgi Jahon chempionatiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.


Qur'aga nechi nafar murabbiy keladi? Shouda qancha artistlar ishtirok etishadi? Marosim qancha davom etadi? FIFA.com bu savollarga javob beradi va qur'a jarayonining barcha raqamlarini taqdim etadi.

soat – Moskvadagi qur'a marosimi taxminan shuncha davom etadi. Tadbirda faqat qur'a tashlanmaydi, balki musobaqa mezbon davlati haqida ma'lumot ham beriladi – bizni ajoyib shou kutmoqda.

8 ta guruh paydo bo'ladi. Har bir guruhda 4tadan jamoa bo'ladi va dastlabki 2 o'rinni olgan jamoalar 1/8 finalga chiqadi. Musobaqa 14 iyundan 15 iyulga qadar Rossiyaning 11ta shahrida bo'lib o'tadi. Jami 64 ta o'yin o'tkaziladi.

10 futbol afsonalari qur'a jarayonida ishtirok etishadi. JCH-2014 chempioni Miroslav Kloze kubokni sahnaga olib chiqadi. Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Gari Lineker qur'ani o'tkazadi, 8 mashhur futbolchilar esa yordamchi bo'lishadi: Loran Blan, Gordon Benks, Kafu, Fabio Kannavaro, Diego Forlan, Diego Maradona, Karles Puyol va Nikita Simonyan.

10 tonna temir qur'a bo'lib o'tadigan joyni tayyorlash uchun sarflandi. Ulardan 2,5 tonnasi sahnani qurish uchun ketdi, 1 tonna – podium uchun va 6 tonna – ekranlarga.


18 nafar professional tarjimonlar qur'ada ishlashashdi: ular dunyoning beshta tili: ingliz, nemis, ispan, francuz va rus tillariga tarjima qilishadi.

30 nafar murabbiy qur'aga keladi. 2018 yilgi mundialga chiqqan faqat ikki terma jamoaning ustozlari qur'ada qatnashishmaydi. Bular Avstraliya va Urugvay.

162 ta konteyner qur'a vaqtida chiqindilarni tashlash uchun ishlatiladi.

210 nafar artist qur'a marosimidagi shouda ishtirok etadi.

465 nafar volonter (ko'ngilli) Moskvadagi qur'a jarayonida faoliyat olib boradi.

1400 nafar mehmon qur'aga kelishi kutilmoqda. Ulardan 260 nafari JCH-2018ga chiqqan terma jamoa delegaciyasi a'zolari hisoblanadi.

1500 nafar jurnalistlar qur'ani yoritish uchun akkreditatsiyadan o'tkazilgan. Ulardan 528 nafari yozuvchi jurnalistlar. 117 kanal qur'ani namoyish etadi, uni dunyoning 200dan ortiq mamlakatida tomosha qilishadi.

3960 kvadrat metr. Moskvadagi Qreml saroyida qur'a o'tkaziladigan joyning umumiy maydoni. Bu esa 6000 tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fifa.com