

15 iyul kuni Vladimir Putin futbol bo'yicha Jahon chempionati finaliga keladi va Lujniki stadionida Fransiya hamda Xorvatiya o'rtasidagi o'yinni tomosha qiladi.
Bundan tashqari Putin taqdirlash marosimida ham ishtirok etadi, – deb yoziladi Kreml matbuot xizmatida.
JCH-2018 finaliga Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Xorvatiya prezidenti Kolinda Grabar-Kitarovich ham kelishi kutilmoqda.




